14-Noyabr "Xalqaro diabetga qarshi kurashish kuni" da filialimiz tomonidan "Tomaris Nur" gipermarketida bepul ko'rik va qondagi qand miqdorini aniqlash amaiyoti tashkil qilindi. Jarayon davomida 2endokrinolog, 1 nafar laborant shifokorimiz va 4 nafar hamshiramiz "sog`lom turmush tarzi" va "to`g`ri ovqatlanish" haqida aholiga tavsiya va ko`nikmalar berishdi. Shifokorlarimiz 150 dan ortiq inson bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqotga kirishib, yetarlicha maslahatlar berishdi va shu joyning o`zida 100 ga yaqin vatandoshimizning qondagi qand miqdori o`lchandi. Kun yakuni bo`yicha 6 nafar fuqoroda qondagi qand miqdori meyoridan ortiqchaligi, 19 ta semizlik va 23 nafarida ortiqcha vazn aniqlandi. 











