Xorazm viloyatida endokrinologiya xizmati
Xorazm viloyati aholisiga bugungi kunda 100 shifo oʼringa ega1 ta dispanser va 13 ta tuman, shahar tibbiyot birlashmalarining endokrinolog xonalari xizmat koʼrsatib kelmoqda. Sohada jami
54nafar shifokor faoliyat koʼrsatib, ulardan 41 nafari kattalar va bolalar endokrinologlaridir.
Viloyat endokrinologiya dispanseri 100 oʼringa moʼljallangan. Sogʼliqni saqlash vazirligi tamonidan tasdiqlangan endokrinologiya dispanserlarining yangi tuzilmasiga asosan dispanserda faoliyat koʼrsatib kelayotgan poliklinika, qabulxona, laboratoriya, fizioterapiya, diabetologiya, reanimatsiya boʼlimlari qatorida yangidan diabetik nefropatiya, umumiy endokrinologiya va bolalar boʼlimlari tashkil etildi, xirurgiya boʼlimi kengaytirilib tireoid patologiya boʼlimi faoliyati yoʼlga qoʼyildi.
Viloyat endokrinologiya dispanseri tarkibida viloyat aholisiga 150 qatnovga moʼljallangan Poliklinikaxizmat:
UTT tekshiruvi,
EKG tekshiruvi
Okulist
endokrinolog
pediatr – endokrinolog ,
kardiolog,
nevropatolog,
Fizoterapiya
akusher -ginekolog kabinetlari mavjud
qabulxona
Laboratoriya tekshiruvi:
Diabetologiya boʼlimi
Diabetik nefropatiya boʼlimi
Endokrinologiya va bolalar boʼlimi
Xirurgiya va tireoid patologiya boʼlimi
Reanimatsiya boʼlimlari faoliyati yoʼlga qoʼyildi.
Dispanserda va tuman tibbiyot birlashmalarida “Diabet maktabi” oʼz faoliyatini olib bormoqda. “Oʼz-oʼzini nazorat qilish" dasturi boʼyicha oʼquv xonasi koʼrgazmali qurollar va jixozlar bilan taʼminlangan.

