Xorazm viloyatida endokrinologiya xizmatini tashkil etilishi toʼgʼrisida maʼlumot:
Endokrinologiya sohasining ixtisoslashtirish jarayoni Xorazm viloyatida 1970 yillardan boshlangan.
Shu davrgacha soha bemorlarini ambulatoriya, statsionar sharoitlarda umumiy terapiya soha shifokorlari davolaganlar.
Oliy toifali endokrinolog Yusufboy Saidnazarov Urganch shaharda (1967y.) va Xorazm viloyatida (1972 y.) endokrinologiya xizmatini birinchilardan boʼlib tashkil qilgan mahoratli tashkilotchi mutaxassilardan biri boʼlgan.
1943 y. Yangiariq tumanida tavallud topgan. 1967 yil Samarqand Davlat tibbiyot institutini davolash fakulьtetini tugatgan.
1967 yilda Saidnazarov Yusufboy Samarqand Davlat tibbiyot institutining davolash fakulьtetini bitkazib, mehnat faoliyatini Urganch shahar poliklinikasida shifokor endokrinolog sifatida boshladi va endokrinologiya xonasi tashkil qildi. Shifoxona sharoitida endokrinologiya sohasidan ixtisoslashgan shifo oʼrinlari tashkil qilinishi Birinchi son viloyat shifoxona ordinatori Аmina Habibovaning 1972 yilda birinchi terapiya boʼlimi tarkibida endokrinologiya sohasi bemorlari uchun 10 oʼrinli ixtisoslashgan shifo oʼrinlari tashkil qilinishi bilan bogʼliqdir.
1973 yilda viloyat endokrinologiya dispanseri tashkil qilinib, bosh shifokor lavozimiga Yusufboy Saidnazarovich tayinlandi. Saidnazarovning tashabbusi bilanIkkinchi son viloyat shifoxonasi(hozirgi viloyat endokrinologiya dispanseri ) yonida 7-8 xonadan iborat viloyat endokrinologiya dispanseri binosi qurilib foydalanishga topshirildi. Shu davrlarda oʼqishni bitkazib kelgan shifokorlardan Ibragimova Rajabgul, Аbdullaeva Gulchehra, Yusupov Xasanboylar viloyat endokrinologiya dispanseriga asos soldilar.
1979 yilda Yusufboy Saidnazarov Urganch shahar sogʼliqni saqlash boʼlim mudiri lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan dispanser rahbarligiga yosh mutaxassis –endokrinolog Ibragimova Rajabgul tayinlangan. Ikkinchi son viloyat shifoxonasi yangi qurilgan binoga koʼchib oʼtish munosabati bilan shifoxonaning ambulatoriya qismi shifoxona yonida yangi tashkil topgan viloyat endokrinologiya dispanseri ixtiyoriga berildi.
1984 yilda viloyat endokrinologiya bosh shifokori lavozimiga Xudoyberganova Dilbar tayinlandi. Shu davrga kelib, Ikkinchi son viloyat shifoxonasining eskibinosining qolgan qismlari ham endokrinologiya dispanseri ixtiyoriga berildi. Dilbar Qurbonovnaning saʼy –harakatlari bilan eski shifoxona binosi qaytadan taʼmirlanib, 1985 yilda viloyat endokrinologiya dispanserining birinchi navbat 40 oʼrinli shifoxonasi ishga tushirildi. Taʼmirlash ishlari davom qildirilib,shifoxona quvvati 1989 yilda 60 oʼringa, 1992 yilda 100 oʼringa yetkazildi.
1993 yil dekabrь oyida yangi loyiha asosida qurilgan 2 qavatli 60 oʼrinli davolash binosi foydalanishga topshirildi va shifoxonaning umumiy quvvati 150 oʼringa yetib,” Onalar va bolalar” , “ Diabetik nefrologiya”, “Xirurgik endokrinologiya”va” Umumiy endokrinologiya “boʼlimlari tashkil qilindi.
1967 yilda Yusufboy Saidnazarov tashabbusi bilan Urganch shahar poliklinikasidagi endokrinologiya xonasi, 1972 yilda Аmina Habibova tashabbusi bilan Birinchi son viloyat shifoxonasining terapiya boʼlimi tarkibidagi tashkil topgan endokrinologiya sohasidan ixtisoslashgan 10 shifo oʼrinlaridan Dilbar Qurbonovna tashabbusi bilan 1993 yilga kelib viloyatning 150 ixtisoslashgan endokrinologik shifo oʼrinlariga ega boʼlgan endokrinologiya sohasining diagnostik davolash, profilaktik, tashkiliy va uslubiy markaziga aylandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 apreldagi “2019-2021-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʼrsatishni takomillashtirish boʼyicha milliy dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PQ-4295-sonli qarori ham aynan ushbu muammolarni hal etishga qaratilgan.
Muxtaram prezidentimizning mazkur qarori sohada yangi diagnostika va davolash standartlarini joriy etish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish, bolalar, oʼsmirlar va homilador ayollarni kaliy yodid preparati bilan taʼminlash orqali qalqonsimon bez kasalliklarning samarali profilaktikasni tashkil etish, qandli diabet bilan ogʼrigan bemorlarni insulin va uning anologlari bilan taʼminlash, endokrinologiya dispanserlari moddiy-texnik bazasini yuksaltirish va aholi orasida endokrinologik kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targʼibot ishlarining samaradorligini oshirish kabi koʼplab vazifalar belgilangan.
Xorazm viloyati aholisiga bugungi kunda 100 shifo oʼringa ega
1 ta dispanser va 13 ta tuman, shahar tibbiyot birlashmalarining endokrinolog xonalari xizmat koʼrsatib kelmoqda. Sohada jami
54 nafar shifokor faoliyat koʼrsatib, ulardan 41 nafari kattalar va bolalar endokrinologlaridir.
Xozirda viloyat endokrinologiya dispanserida 29 nafar vrach faoliyat koʼrsatmoqda. Ularning 1 nafari fan nomzodi, 14 nafari oliy toifali , 9 nafari 1 – toifali, 4 nafari 2 - toifali vrachlar boʼlib, 2 nafari toifasiz.
Endokrinolog mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishga katta eʼtibor qaratilgan, jumladan, mavjud vakant oʼrinlarni butlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining amaliy yordami bilan2019yilda 3 nafar umumiy amaliyot shifokori endokrinologiya mutaxassisligi buyicha qayta ixtisoslashtirishdan oʼtkazilib ishga joylashtirildi, 26 nafar endokrinolog mutaxassis 144 soatlik oʼqishda malakasini oshirgan boʼlsa, 7 nafar mutaxassis 72 soatlik qisqa kurslarda oʼzlarining kasbiy bilimlarini oshirdilar, viloyat endokrinologiya dispanserining 1 nafar mutaxassisi Ukraina Respublikasida xalqaro konferentsiyada ishtirok etib keldi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 apreldagi PQ-4295 sonli qarori ijrosi yuzasidan 3 nafar mutaxassisni 2021 yilda xorijiy ilmiy markazlarda malaka oshirish uchun yuborish rejalashtirilgan.
2014 yilda Xorazm viloyat enlokrinologiya dispanseri davlat investitsiya dasturiga asosan 1950 yillarida qurilgan juda eski binolar yiqilib, oʼrnida 2,64 mlrd.soʼm mablagʼga yangi3 qavatlizamonaviy bino qurilibishga tushirildi.
2015 yilda 2 davolash binosini rekonstruktsiya ishlari uchun yana 969,0 mln.soʼm ajratildi, yordami binolardan oshxona, sterilizatsiya va kirxona binolari qurildi, xudud obodonlashtirildi.
100 shifo oʼringa moʼljallangan viloyat endokrinologiya dispanseri 2 ta asosiy davolash binosidan tashkil topgan. 2019 yilda Sogʼliqni saqlash vazirligi tamonidan tasdiqlangan endokrinologiya dispanserlarining yangi tuzilmasiga asosan dispanserda faoliyat koʼrsatib kelayotgan poliklinika, qabulxona, laboratoriya, fizioterapiya, diabetologiya, umumiy endokrinologiya, reanimatsiya boʼlimlari qatorida 2020 yildan boshlab yangidan diabetik nefropatiya, endokrinologiya va bolalar boʼlimlari tashkil etildi, xirurgiya boʼlimi kengaytirilib tireoid patologiya boʼlimi faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Qalqonsimon bezda har yili oʼrtacha 160-170 ta operatsiya amalga oshirilmoqda.
Dispanser boʼlimlariga lokal tarmoq oʼrnatilib internet va kompyuterlar bilan taʼminlanmoqda, bemorlarning elektron reestrini yaratish uchun zamin yaratilmoqda, poliklinikada “diabetik toʼpiq”, “diabetiklar maktabi” faoliyatlari yoʼlga qoʼyildi.
Viloyat endokrinologiya dispanserida har yili oʼrtacha 4500-4600 nafar bemor statsionar tarzda davo muolajalarini qabul qiladi.
Vazirlar Maxkamasining 1057-sonli Qaroriga asosan 2020 yilda viloyat endokrinologiya dispanserining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash maqsadida manzilli dastur asosida 38 turdagi 78 dona jami 515 ming АQSh dollarlik zamonaviy laboratoriya, oftalmologiya, xirurgiya, reanimatsiyada eng zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlandi. Bu asbob-uskunalar sohaga zamonaviy diagnostika va davolash metodlarini joriy etish va yanada rivojlantirish hamda mutaxassislar va bemorlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.