Yangiliklar

O'zbekiston-Rossiya tibbiyot Forumi

O'zbekiston-Rossiya tibbiyot Forum





Xalqaro forumda Xorazmlik tibbiyotchilar faol qatnashdilar.
 
Samarqand shahrida oʼtkazilgan Oʼzbekiston – Rossiya xalqaro sogʼliqni saqlash forumida Xorazm viloyatidagi 15 ta  tibbiyot muassasasalarining rahbarlari  ishtirok etdilar. Xalqaro forumda Xorazm viloyati sogʼliqni saqlash boshqarmasi va viloyatdagi tibbiyot muassasalari tomonidan  Rossiya Federatsiyasining nufuzli klinikalari  va tibbiyot yoʼnalishidagi oliy oʼquv yurtlari bilan turli yoʼnalishlarda hamkorlik qilish uchun 10 dan ziyod memorandumlar imzolandi.

Jumladan, viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi, viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali Moskvaning Lyuberetsk viloyat shifoxonasi bilan   hamkorlik qiladigan boʼldi.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali Qozon  davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Federatsiyasining Shumakov nomidagi transplantologiya markazi, P. А. Gertsen nomidagi onkologiya va radiologiya ilmiy markazi bilan ikki  tomonlama oʼquv, ilmiy va amaliy yoʼnalishlar boʼyicha  kelishuvga erishdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali  va Rossiya Federatsiyasi bolalar endokrinologiyasi Milliy tibbiyot ilmiy tadqiqot markazi oʼrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.скачать dle 12.0